"OMMAVIY OFERTA" SHARTNOMASI

1. UMUMIY QOIDALAR

Ushbu hujjat — "Ommaviy oferta" (keyingi o'rinlarda — "Oferta") O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367–370-moddalariga muvofiq rasmiy taklif bo'lib, "IFODA AGRO KIMYO" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi (keyingi o'rinlarda — "Ijrochi") tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarga (keyingi o'rinlarda — "Buyurtmachi") "Ifoda Web App" onlayn dasturi orqali xizmatlar ko'rsatish shartlarini belgilaydi.

Buyurtmachi ushbu ofertaning shartlarini qabul qilgan vaqtdan boshlab (aksept qilgan lahzadan) Ijrochi bilan tuzilgan ommaviy shartnoma hisoblanadi.

Ofertaning matni https://ifoda-shop.uz/offerta yoki "Ifoda Web App" mobil yoki veb-versiyasi orqali ochiladigan bo'limda joylashtirilgan.

Ushbu oferta ommaviy hisoblanadi, ya'ni Ijrochi barcha Buyurtmachilarga bir xil shartlarda xizmatlar ko'rsatadi.

Ijrochi ushbu ofertaning shartlariga o'zgartirish kiritish huquqiga ega. Yangilangan tahrir ro'yxatdan o'tilgan telegram botda e'lon qilinadi va e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

2. ASOSIY ATAMALAR

Ifoda Web App — "Ifoda Agro Kimyo" MCHJ (keyingi o'rinlarda — Ijrochi) ga tegishli dasturiy mahsulot bo'lib, Buyurtmachilarga o'simliklarni himoya qilish vositalari va o'g'itlarni onlayn ko'rish, xarid qilish va agro muammolar bo'yicha maslahat olish imkonini beradi.

Buyurtmachi — Ifoda Web App orqali ro'yxatdan o'tgan va Ijrochi xizmatlaridan foydalanayotgan jismoniy shaxs.

Chat xizmati — Buyurtmachi tomonidan o'z ekinlarida kuzatilayotgan kasalliklar haqida ma'lumot yuborish va Ijrochi administratori orqali o'simliklarni himoya qilish vositalari va o'g'itlar tavsiyasi olish imkonini beruvchi tizim.

Admin — Ijrochining vakili bo'lib, Buyurtmachi yuborgan so'rovlarni ko'rib chiqadi va javob beradi.

Shaxsiy ma'lumotlar — Buyurtmachining identifikatsiya qiluvchi ma'lumotlari: ism, familiya, telefon raqami, lokatsiya va boshqalar (qonunchilikka muvofiq).

3. OFERTANING PREDMETI

Ushbu ofertaning predmeti — Ifoda Web App orqali Ijrochi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish tartibini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashdan iborat.

Ijrochi Buyurtmachiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Ushbu shartnoma Buyurtmachi tomonidan xizmatdan foydalanish boshlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

4. SHARTNOMA TUZISH TARTIBI

Buyurtmachi Ifoda Web App'da ro'yxatdan o'tib, xizmatlardan foydalanishni boshlashi bilan ushbu ofertaning barcha shartlariga rozilik bildirgan (aksept qilgan) hisoblanadi.

Ofertani qabul qilish — Buyurtmachining "Roziman" tugmasini bosishi orqali amalga oshadi.

Shartnoma elektron shaklda tuzılib, Ofertanı qabul qılısh bılan tuzilgan xisoblanadi va yuridik kuchga ega buladi. (Elektron shakldagi shartnoma "Elektron tijorat toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi va toʼliq yuridik kuchga ega boʼladi.)

Ijrochi Buyurtmachining xizmatdan foydalanish faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega.

5. XIZMATLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI

Buyurtmachi xizmatlardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Tizimdan noqonuniy maqsadda foydalanish, spam yuborish, zararli dastur yoki havola tarqatish taqiqlanadi.

Ijrochi shubhali faoliyatni aniqlasa, Bu qonunchilikda belgilangan tartibda burtmachining hisobini vaqtincha bloklashi yoki butunlay o'chirishi mumkin. (qonunchilikda belgilangan tartibda).

Xizmatlarning uzluksiz ishlashi uchun Buyurtmachi internet ulanishi va texnik vositalarni o'zi ta'minlaydi.

6. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Buyurtmachining huquqlari:

Buyurtmachining majburiyatlari:

Buyurtmachi tizimda o'z harakatlari uchun shaxsan javob beradi (O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq).

7. IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Ijrochining huquqlari:

Ijrochining majburiyatlari:

8. TO'LOVLAR VA HISOB-KITOBLAR

Mahsulot uchun to'lov O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.

To'lovlar "Click", "Payme" to'lov tizimlari orqali qabul qilinadi.

Agar mahsulotda yaroqsizlik aniqlansa, O'zbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida"gi Qonuniga muvofiq pul Buyurtmachiga qaytariladi. To'lov amalga oshirilgandan so'ng, mahsulot uchun pul qaytarilmaydi, agar mahsulotda yaroqsizlik aniqlanmasa.

Ijrochi hech qanday naqd pul orqali to'lov qabul qilmaydi.

9. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

Ijrochi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Buyurtmachi ma'lumotlarini qayta ishlaydi.

Buyurtmachi quyidagi ma'lumotlarni taqdim etadi:

Ushbu ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

Ijrochi shaxsga doir malumotlari uchinchi shaxslarga bermaydi, faqat qonun talab qilgan (va «Shaxsga doir maʼlumotlar toʼgʼrisida»gi Qonunida belgilangan) hollarda davlat organlariga taqdim etadi.

Ilova barqarorligini ta'minlash uchun anonim texnik xato hisobotlari uchinchi tomon xizmati (Sentry) orqali yig'iladi. Bunda shaxsni aniqlovchi ma'lumot (ism, telefon, elektron pochta) yuborilmaydi.

10. CHAT BO'LIMI ORQALI MASLAHATLAR

Chat orqali berilgan tavsiyalar maslahat xarakteriga ega bo'lib, Ijrochi ularning natijasiga kafolat bermaydi.

Buyurtmachi tavsiyalarni o'z ixtiyori bilan qabul qiladi va natija uchun mas'uliyatni o'zi oladi.

Buyurtmachi tavsiyalarni noto'g'ri qo'llagan, ularga amal qilmagan yoki buzgan holatlarda yuzaga keladigan har qanday zarar uchun Ijrochi javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

11. TOVARNI YETKAZIB BERISH TARTIBI

Tovarni yetkazib berish bo'yicha Ijrochi quyidagi usullarni taklif etadi:

Filialdan olib ketish: Buyurtmachiga eng yaqin filial manzili taqdim etiladi. Buyurtmachi tovarni mazkur filialdan mustaqil ravishda olib ketadi.

Manzilga yetkazib berish: "Payme" yoki "Click" orqali to'lov to'liq amalga oshirilgandan so'ng, Buyurtmachi ko'rsatgan manzilga tovar Ijrochi hisobidan yetkazib beriladi. Ijrochi yetkazib berish jarayonida Buyurtmachi tomonidan noto'g'ri ko'rsatilgan manzil yoki aloqa ma'lumotlari tufayli yuzaga kelgan kechikishlar uchun javobgar emas.

12. INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI

Ifoda Web App, uning logotipi, dizayni, dastur kodi, matn va grafik elementlari Ijrochi mulkidir va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan himoya qilinadi.

Buyurtmachi ushbu materiallardan ruxsatsiz nusxa ko'chira, tarqata yoki tijorat maqsadida ishlata olmaydi.

Ruxsatsiz foydalanish holatlari aniqlansa, Ijrochi qonuniy choralar ko'rish huquqiga ega (O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq).

13. JAVOBGARLIK CHEGARASI

Ijrochi tizimdagi texnik nosozliklar yoki internet uzilishlari sababli yuzaga kelgan zarar uchun (o'z aybi bo'lmagan hollarda) javobgar emas.

Buyurtmachi noto'g'ri ma'lumot kiritishi yoki xizmatdan noto'g'ri foydalanishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlar uchun javobgar (O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq).

Ijrochi platformada joylashtirilgan uchinchi tomon havolalari mazmuni uchun javobgar emas.

14. FORS-MAJOR HOLATLARI

Tomonlar fors-major holatlar (tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong'in), urush, davlat organlarining qarorlari, internet tarmoqlaridagi uzilishlar va boshqalar), agar bu holatlar ularning nazoratida bo'lmasa va ular tomonidan oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan bo'lsa, sababli majburiyatlar bajarilmagan hollarda javobgar bo'lmaydi.

Fors-major holati sodir bo'lgan tomon bu haqda boshqa tomonni 10 (o'n) kun ichida (yozma ravishda) xabardor qilishi lozim.

15. NIZOLAR VA ULARNI HAL QILISH TARTIBI

Tomonlar o'rtasidagi barcha kelishmovchiliklar dastlab muzokaralar orqali hal etiladi.

Agar kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi sudlarida (Ijrochining) joylashgan manzil bo'yicha ko'rib chiqiladi.

16. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH

Ushbu shartnoma Buyurtmachi tomonidan xizmatdan foydalanish boshlangan paytdan kuchga kiradi va tomonlar o'z majburiyatlarini to'liq bajargunga qadar yoki ushbu shartnomada belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar amal qiladi.

Buyurtmachi shartnomani istalgan paytda platformadan chiqish orqali bekor qilishi mumkin. (agar bu jarayon bilan bog'liq majburiyatlar to'liq bajarilgan bo'lsa).

Ijrochi Buyurtmachining shartnoma shartlarini buzishi aniqlansa, shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega (bu haqda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq).

17. IJROCHI REKVIZITLARI

Ijrochi nomi: "Ifoda Agro Kimyo" MCHJ QK

STIR: 206019226

Manzil: Namangan viloyati Chust tumani Zarafshon massivi Chustnon-Do'stlarobod MFY Madaniyat ko'chasi 72-uy

Telefon: +998 91 180 44 55

Elektron pochta: ifodaai@ifoda.uz

Web-sayt: https://ifoda.uz

18. YAKUNIY QOIDALAR

Ushbu oferta O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonun, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan.

Ushbu hujjatning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega.

Buyurtmachi ushbu ofertani qabul qilib, barcha shartlarga rozilik bildiradi va u bilan to'liq tanishganligini tasdiqlaydi. Agar Buyurtmachi yuridik shaxs bo'lsa, mazkur Oferta shartlariga ustavida belgilangan tartibda rozilik beradi va vakolatli shaxs tomonidan qabul qilinadi.